Ukrainadan g'alla ortilgan yana 4 ta kema yo'lga otlandi

"Ukraina g‘allasini boshqa davlatlarga xavfsiz yetkazish jarayoni rejalanganidek davom etmoqda. Bugun ertalabdan Ukraina portlaridan g‘alla ortilgan yana 6 ta kema jo‘nab ketdi", deyiladi bayonotda.

1889923
Ukrainadan g'alla ortilgan yana 4 ta kema yo'lga otlandi

 

Ukrainadan g'alla ortilgan yana 4 ta kema Ukraina portlaridan yo'lga otlandi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida qayd etilgan.

"Ukraina g‘allasini boshqa davlatlarga xavfsiz yetkazish jarayoni rejalanganidek davom etmoqda. Bugun ertalabdan Ukraina portlaridan g‘alla ortilgan yana 4 ta kema jo‘nab ketdi", deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabahche saroyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolangandi.

Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Qora dengizdan don mahsulotlarini xavfsiz jo‘natish uchun tashkil etilgan Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi 27 iyul kuni Istanbuldagi Milliy Mudofaa Universiteti kampusida ishga tushdi.

Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi don eksporti bilan shug‘ullanuvchi savdo kemalarini ro‘yxatga oladi va don bitimida ishtirok etuvchi davlatlar va BMT bilan hamkorlikda ularning texnik kuzatuvini amalga oshiradi. Kemalarni tekshirish Ukraina portlarida va Turkiya portlarida yuklash vaqtida amalga oshiriladi. 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina

Aloqador xabarlar