Rossiya anneksiya qilib olgan Ukraina hududlariga hokim tayin qilmoqchi

Rossiya, anneksiya qilib olgan Ukraina hududlariga vaqtinchalik hokim tayin qilmoqchi.

1888701
Rossiya anneksiya qilib olgan Ukraina hududlariga hokim tayin qilmoqchi

Vladimir Putin Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarini Rossiya tarkibiga qo‘shib olish haqidagi qonunlarni imzoladi.

Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Putin tomonidan Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya tarkibiga ilova etilishi haqidagi qonunlarni imzolagani bildirildi.

Mazkur qonunlarga ko‘ra yuqorida nomi tilga olingan viloyatlarda yashagan aholi, rus fuqarosi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Putin imzolagan farmonlar asosida Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan viloyatlarga vaqtinchalik rahbar ve hokimlar tayin qilinadi.

Qonunlar, 10 kundan keyin kuchga kiradi.

Putin Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojya viloyatlarini Rossiya tarkibiga qoʻshib olish haqidagi farmonni 30-sentabr kuni imzolagandi.

Rossiya Davlat Dumasi, nomi tilga olingan 4 viloyatning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi haqidagi qonunlarni 3-oktabr kuni qabul qildi.

Parlamentning yuqori palatasi – Federatsiya kengashi ham nomi tilga olingan qonunlarni kecha tasdiqladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar