Fors ko‘rfazida noqonuniy yo'l bilan yoqilg‘i olib ketayotgan kema musodara qilindi

Operatsiya natijasida kemada 250 ming litr yonilg'i musodara qilingan. Voqea bilan aloqador 1 kishi qo'lga olingan.

1888685
Fors ko‘rfazida noqonuniy yo'l bilan yoqilg‘i olib ketayotgan kema musodara qilindi

 

Eron Fors ko‘rfazida noqonuniy yo'l bilan yoqilg‘i olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi.

Bu haqda Tesnim xabar agentligi ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra, Hormuzgan viloyati Adliya boshqarmasi rahbari Mujteba Kahramani, Fors ko'rfazida kontrabanda yoqilg'i ortilgani aniqlangan kemaga qarata operatsiya o'tkazilganini ma'lum qildi.

Operatsiya natijasida kemada 250 ming litr yonilg'i musodara qilingan. Voqea bilan aloqador 1 kishi qo'lga olingan.

Eronda kontrabandachilar davlat tomonidan subsidiyalangan yoqilg‘i mahsulotlarini noqonuniy yo'l bilan xorijga sotishga harakat qilish holatlari tez-tez uchrab turadi.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar