Hindistonda avtobusning vodiyga qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Hodisa sabablari noma’lum bo‘lsa-da, rasmiylar voqea yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qildi. Halokatda 21 yo‘lovchi omon qolgan.

1888647
Hindistonda avtobusning vodiyga qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

 

Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida avtobusning vodiyga qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi.

Rasmiylarning aytishicha, seshanba kuni kechqurun Pauri Garxval tumanida yo'ldan chiqib ketgan avtobusda 40dan ortiq odam bo'lgan.

Qutqaruv ishlari shtatning tabiiy ofatlarga qarshi kurash kuchlari tomonidan olib borilmoqda.

Halokatda 21 yo‘lovchi omon qolgan.

Voqea avtobus to‘y kortejini Laldhang shahridan Uttarakxanddagi Bironxal qishlog‘iga olib ketayotganda yuz bergan.  

Hodisa sabablari noma’lum bo‘lsa-da, rasmiylar voqea yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.

Bosh vazir Narendra Modi voqeada jabrlangan oilalarning qayg'usiga sherik ekanini ma'lum qilgan.

Mamlakatda yo'l harakati qoidalariga amal qilmaslik tufayli baxtsiz hodisalar, noto'g'ri haydash holatlari tez-tez uchrab turadi.

Mamlakatda mashina haydovchilari ko'pincha xavfsizlik qoidalariga e'tibor bermaydilar va ommaviy transport vositalarida meyordan ko'p yo'lovchi tashish holatlari avj olgan.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston

Aloqador xabarlar