AQSh Eronning uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi

“Mahalliy vaqt bilan soat 14:10 da AQSh kuchlari Erbil tomon harakatlanayotgan Eronning uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi”,-deyiladi bayonotda.

1886054
AQSh Eronning uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy kuchlar (CENTCOM) qo'mondonligi Erbil tomon harakatlanayotgan Eronning uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilganini ma'lum qildi.

Bu haqda Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy kuchlar (CENTCOM) qo'mondonligi bayonot berdi.

“Mahalliy vaqt bilan soat 14:10 da AQSh kuchlari Erbil tomon harakatlanayotgan Eronning uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi”,-deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, ushbu uchuvchisiz uchish apparati AQSh Markaziy kuchlariga ham xavf tug'diradi.

Shuningdek, bayonotda Eron Inqilobiy Gvardiyasining Erbil shahriga sodir etgan hujumi qoralandi.

Bunday hujumlar mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazgani ta'kidlandi.

Eron Iroq shimolidagi Komele, IKDP va PAK tashkilotlariga tegishli qarorgohlarga raketalar va uchuvchisiz havo vositalari (UAV) bilan hujum uyushtirdi.

Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati Sog'liqni saqlash vaziri Saman Berzenji ma'lum qilishicha, Eron hujumida 7 kishi halok bo'ldi, 24 kishi yaralandi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #CENTCOM , #AQSh

Aloqador xabarlar