Musulmon ulamolari ittifoqi rahbari Yusuf al-Karadaviy mangu safarga kuzatildi

Qatar poytaxti Dohadagi Imom Muhammad bin Abdulvehhob masjidida Yusuf al-Karadaviy uchun dafn marosimi bo'lib o'tdi.

1885562
Musulmon ulamolari ittifoqi rahbari Yusuf al-Karadaviy mangu safarga kuzatildi

 

Bir kun avval 96 yoshida olamdan o‘tgan Butunjahon Musulmon ulamolari xalqaro ittifoqi rahbari Yusuf al-Karadaviy mangu safarga kuzatildi.

Qatar poytaxti Dohadagi Imom Muhammad bin Abdulvehhob masjidida Yusuf al-Karadaviy uchun dafn marosimi bo'lib o'tdi.

Yusuf al-Karadaviyning janozasi minglab kishi ishtirokida o'qilgan namozdan keyin Meseymir qabristoniga dafn qilindi.

Ma’lumot uchun, Shayx Yusuf al-Karadaviy 26 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U 18 yildan beri Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti lavozimini egallab kelayotgandi.

Yusuf al-Karadaviy 1926 yilda Misr g‘arbidagi kichik qishloqda tug‘ilgan. Shayx 120 dan ortiq kitoblar muallifi hamda diniy ilmlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun sakkizta xalqaro mukofotga sohibi bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Yusuf al-Karadaviy

Aloqador xabarlar