Ushakov: Putin bilan Erdo‘g‘an Samarqandda ayniqsa iqtisodiy masalalarni muhokama qiladi

Yuriy Ushakov jurnalistlarga, Vladimir Putinning O‘zbekistonning Samarqand shahriga uyushtiradigan tashrifi haqida ma’lumot berdi.

1879640
Ushakov: Putin bilan Erdo‘g‘an Samarqandda ayniqsa iqtisodiy masalalarni muhokama qiladi

Kremlning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammiti doirasidagi uchrashuvda, ko‘plab mavzularni ayniqsa iqtisodiy masalalarni muhokama qilishlarini bildirdi.

Yuriy Ushakov jurnalistlarga, Vladimir Putinning 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT Davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Samarqand shahriga uyushtiradigan tashrifi haqida ma’lumot berdi.

Putinning ushbu sammit doirasida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazishini qayd etgan Ushakov:

“Liderlar har doim muloqotda, jumladan telefon orqali ham. Muhokama qilinadigan koʻplab masalalar bor. Masalan, don masalasi kabi. Türkiye bu borada nihoyatda ijobiy rol oʻynamoqda. Erdoʻgʻan bilan Putinning uchrashuvida koʻplab masala muhokama qilinadi. Samarqanddagi uchrashuvning yirik qismi 5-iyul kuni Sochida kelishib olingan mavzularning davomi sifatida iqtisodiy masalalarga bagʻishlanadi”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar