Eronda 5,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

Eronning Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan viloyatida 5,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

1879160
Eronda 5,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

Eronning Afg‘oniston bilan chegaradosh Janubiy Xuroson viloyatida 5,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Eronning yarim rasmiy axborot agentligi “Tasnim” ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentri Janubiy Xuroson viloyatining Tebes tumanidagi Ashxobod tumanida bo‘lgan 5,1 magnitudali yer silkinishi, mahalliy vaqt bilan soat 04:07 da sodir bo‘lgan.

Roppa-rosa 8 kilometr chuqurlikda kuzatilgani bildirilgan ushbu voqeada, qurbonlar yoki mol-mulk yo‘qolganlar bor yoki yo‘qligi haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Xuroson , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar