Lavrov: "Kiyev muzokaralarni kechiktirmoqda".

Sergey Lavrov, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Parlamentning quyi palatasi - Davlat Dumasi rasmiylari va partiya yetakchilari bilan boʻlgan uchrashuvda Ukrainadagi pozitsiyasi haqida gapirgnini ma'ulm qildi.

1878592
Lavrov: "Kiyev muzokaralarni kechiktirmoqda".

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan muzokaralarni rad etmaganliklarini ammo Kiyev buni kechiktirishni davom etgudek boʻlsa unda kelishuvga erishish imkoni murakkab tus olishini bildirdi.

Sergey Lavrov, “Rossiya-1” davlat telekanaliga bergan intervyusida, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Parlamentning quyi palatasi - Davlat Dumasi rasmiylari va partiya yetakchilari bilan boʻlgan uchrashuvda Ukrainadagi pozitsiyasi haqida gapirgnini ma’lum qildi.

Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralarni rad etmaganini ta’kidlagan Lavrov,

“Putinning qayd etishicha, muzokaralarni rad etayotganlar bu jarayonni qancha kechiktirsa, biz bilan muzokara oʻtkazish shunchalik qiyin boʻlishini tushunishlari kerak”.-dedi.

Lavrov, Kiyev yetakchiligining “muzokaralar faqat Ukraina g‘alabasidan keyin va Rossiya Ukraina hududini tark etishidan soʻng bo‘lishi mumkin”,-degan soʻzlarini yodga solgan holda:

“Ular bizga oʻz shartlarini qoʻyish orqali gapirishga tayyor boʻlishadi. Bu borada ular (Ukraina) London, Vashington, Bryussel tomonidan faol qoʻllab-quvvatlamoqda va hatto erkalatilmoqda. Agar ularning tanlovi shu boʻlsa unda, maxsus harbiy amaliyot doirasida Putin belgilagan maqsadlarga qanday erishishni bilamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya qo‘shinlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 



Aloqador xabarlar