Yevropa Ittifoqi Chexiyadagi sammitga 17 davlatni taklif qilmoqchi

Yig'ilishda Rossiya-Ukraina urushi, energiya inqirozi, iqlim, xavfsizlik va global iqtisodiyot masalalari muhokama qilinadi.

1877547
Yevropa Ittifoqi Chexiyadagi sammitga 17 davlatni taklif qilmoqchi

 

Yevropa Ittifoqi kelasi oy Chexiyada bo’lib o’tadigan Yevropa Ittifoqi sammiti doirasida o'tkaziladigan yetakchilar darajasidagi “Yevropa Siyosiy hamjamiyati” yig’ilishiga 17 davlatni taklif qilishga tayyorlanmoqda. Ushbu davlatlar orasida Turkiya ham bor.

Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur tadbir 6-7 oktyabr kunlari Chexiya mezbonlik qiladigan norasmiy Yevropa Ittifoqi liderlar sammiti oldidan rejalashtirilgan.

Yig'ilishga Yevropa Ittifoqiga a'zo 27 mamlakatdan tashqari Turkiya, Gʻarbiy Bolqon davlatlari Serbiya, Chernogoriya, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Kosovo va Bosniya va Gersegovina, shuningdek Norvegiya, Lixtenshteyn, Shveytsariya, Angliya, Islandiya, Ukraina, Gruziya, Moldova, Armaniston va Ozarbayjon taklif qilinadi.

Yig'ilishda Rossiya-Ukraina urushi, energiya inqirozi, iqlim, xavfsizlik va global iqtisodiyot masalalari muhokama qilinadi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Yevropa siyosiy hamjamiyatini nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki uchinchi davlatlarga tegishli “inklyuziv jarayon” deb ta’riflaydi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar