Ispaniyada issiq ob-havo tufayli o'lim holatlari ko'paydi

Ispaniyada issiq havo rekordlari yangilangan bu yozda haddan tashqari jazirama tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 4 ming 600 nafarga yetgani bildirildi.

1872775

Karlos III Sog'liqni saqlash instituti tomonidan berilgan  bayonotda, haddan tashqari issiqlikdan kelib chiqqan bu o'lim sonining oxirgi 5 yildagi o'rtacha ko'rsatkichidan 3 barobar ko'p ekanligi ma'lum qilindi.

14 avgust kuni mamlakat janubidagi Kordova shahrining La Rambla tumanida aniqlangan 47,6 daraja havo harorati Ispaniyada qayd etilgan eng yuqori harorat bo‘ldi.

Avvalgi harorat rekordi o‘tgan yilning xuddi shu kunida, 47,4 daraja Selsiyda La Ramblaga tutash Montoroda o‘rnatilgan edi.May oyidan boshlab mamlakatda havo harorati mavsumiy me'yorlardan yuqori ko'tarildi va eng qurg'oqchi yillardan biri bo'ldi.Joriy asrda Ispaniyada eng ko‘p o‘rmon yong‘inlari ham bu yil kuzatilgan.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Harorat , #Jazirama , #Ispaniya

Aloqador xabarlar