Rossiyada harbiy xizmatchilar soni 137 ming kishiga oshirildi

Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan hujjat 2023 yil 1 yanvar kuni rasman kuchga kiradi.

1872422
Rossiyada harbiy xizmatchilar soni 137 ming kishiga oshirildi

 

Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari soni 137 ming kishiga oshirildi.

Bu haqdagi hujjat mamlakat Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan. Hujjat 2023 yil 1 yanvar kuni rasman kuchga kiradi. 

Shunday qilib, hujjatga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlarining vakolatli kuchi kelasi yil boshidan 2 million 39 ming 758 kishi, jumladan, 1 million 150 ming 628 nafar harbiy xizmatchilar darajasida belgilandi. 

Bu boradagi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan avvalgi farmonda bu ko‘rsatkich 1 million 902 ming 758 tani, jumladan, 1 million 13 ming 628 nafarni harbiy xizmatchilar tashkil etgan edi. O‘z kuchini yo‘qotgan farmon 2018 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. 

Shu bilan birga, Rossiya harbiy departamenti chaqiruvdan butunlay voz kechishni rejalashtirmayapti.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma’lum qilishicha, 2015 yil yakuniga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar soni 352 ming kishiga yetgan va birinchi marta harbiy xizmatni o‘tagan askarlar va dengizchilar sonidan oshib ketgan, ya’ni 297 ming kishi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar