Sindzo Abening o‘limida o‘zini ayblagan politsiya boshlig‘i iste’foga chiqdi

26 avgust kuni o‘tkaziladigan yig‘ilishda Yaponiya politsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Itaru Nakamuraning iste’fosi masalasi ko‘rib chiqiladi.

1872400
Sindzo Abening o‘limida o‘zini ayblagan politsiya boshlig‘i iste’foga chiqdi

 

Yaponiya politsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Itaru Nakamura sobiq Bosh vazir Sindzo Abening o‘ldirilishiga sabab bo‘lgan xavfsizlik kamchiliklari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, u allaqachon Jamoat xavfsizligi komissiyasiga iste’foga chiqish istagini bildirgan.

Nakamura avvalroq, Abening safari davomida xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar, jumladan, qo‘riqchilarni joylashtirish bilan bog‘liqligini tan olgan. U bunday hodisalarning oldini olish uchun ularni o‘rganishga va’da bergan.

Bundan oldin Abe hujumga uchragan Nara prefekturasi politsiya rahbari Tomoaki Onizuka soqchilarga xavfsizlik rejasini tayyorlash uchun atigi bir kun berilganini, shu bilan birga, tashrif arafasida Abening safari yo‘nalishi o‘zgartirilganini aytgan edi.

Onizukaning ta’kidlashicha, uning ustuvor vazifasi tergovni yakunlash va xavfsizlik tizimidagi kamchiliklarni imkon qadar tezroq aniqlash.

Eslatma: Joriy yilning 8 iyul kuni Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe ko‘chadagi chiqishi davomida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayotini saqlab qolib uchun kurashdilar. Sobiq Bosh vazir 67 yoshida vafot etdi.

Yaponiya hukumati sobiq Bosh vazir Sindzo Abe 27 sentyabr kuni davlat marosimi bilan dafn etiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #Sindzo Abe

Aloqador xabarlar