Pokistonda musson yomg'irlari oqibatida 777 kishi halok bo'ldi

Pokiston Milliy Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (NDMA) ma'lumotlariga ko'ra, kuchli yomg'irlar sabab bo'lgan toshqinlardan 1,8 million kishi zarar ko'rgan.

1871059
Pokistonda musson yomg'irlari oqibatida 777 kishi halok bo'ldi

 

Pokistonda 14 iyundan beri davom etayotgan musson yomg'irlari oqibatida 777 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Pokiston Milliy Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (NDMA) ma'lumotlariga ko'ra, kuchli yomg'irlar sabab bo'lgan toshqinlardan 1,8 million kishi zarar ko'rgan.

Mamlakat bo'ylab 14 iyundan beri davom etayotgan musson yomg'irlari oqibatida 777 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Balujiston, Panjob va Sind provinsiyalarining qishloq joylarida yordam va tibbiy aralashuv lagerlari tashkil etildi.  Tashkil etilgan  yordam lagerlarida 317 ming 678 kishi yashashni davom ettirmoqda.

Rasmiylar suv toshqinidan zarar ko'rgan hududlarga oziq-ovqat, chodir va boshqa muhim vositalar bilan ta'minlanganini bildirar ekan, ijtimoiy mediada tarqatilgan tasvirlarda ko'p odamning insonparvarlik yordamni  kutayotgani ko'rindi.

Mamlakat bo‘ylab qulagan ko‘priklar va suv bosgan yo‘llardan tashqari 60 mingdan ortiq uy zarar ko‘rgan.

Iyun-sentyabr oylarida Janubiy Osiyoda  ta’sirli bo’lgan musson yomg'irlari har yili katta tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalarga sabab bo'ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Suv toshqin , #Pokiston

Aloqador xabarlar