Janubiy Koreya Shimoliy Koreya iqtisodini ko‘tarishga yordam bermoqchi

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Pxenyan yadrosizlanish bo‘yicha choralarni qo‘llagan taqdirda, Shimoliy Koreya iqtisodini ko‘tarishga yordam berishini ma’lum qildi.

1867935
Janubiy Koreya Shimoliy Koreya iqtisodini ko‘tarishga yordam bermoqchi

 

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Pxenyan yadrosizlanish bo‘yicha choralarni qo‘llagan taqdirda, Shimoliy Koreya iqtisodini ko‘tarishga yordam berishini ma’lum qildi.

Ushbu taklif joriy yil may oyida Yun Sok Yolning inauguratsiya marosimida bildirilgan, deyiladi "Yonhap" agentligi xabarida.

Prezident o'shanda "Men ilgari surayotgan dadil tashabbus shundan iborat-ki, agar Shimoliy Koreya yadroviy dastur ishlab chiqishni to‘xtatib, haqiqiy va puxta yadrosizlanish jarayoniga kirishsa, Shimoliy Koreya iqtisodiyoti va mamlakat aholisi turmush sharoiti bosqichma-bosqich yaxshilanadi", degandi.

Koreya Respublikasi rahbari Shimoliy va Janubiy Koreyaning Yaponiya mustamlaka hukmronligidan ozod qilingan kun munosabati bilan so‘zlagan nutqida, shuningdek, Shimoliy Koreyada qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, shifoxonalar hamda boshqa tibbiy infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish, davlatni xalqaro sarmoyaviy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tashabbusini ilgari surishda yordam berish taklifini bildirdi.

U shuningdek, Koreya yarim oroli, Shimoliy-Sharqiy Osiyo va butun dunyoda barqaror tinchlik o‘rnatish uchun Pxenyan ma’muriyatini yadrosizlantirish zarurligini aytdi.

Prezident o‘z nutqida Janubiy Koreya tarixiy muammolarni hal qilish orqali Yaponiya bilan munosabatlarni yaxshilashi kerakligini ta’kidladi.

Qolaversa, ikki mamlakat hukumatlari va xalqlari mintaqa bilan bir qatorda, xalqaro tinchlik va farovonlikka hissa qo‘shish uchun iqtisodiyot va xavfsizlik kabi sohalarda ham keng hamkorlik qilishi kerakligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya , #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar