Ukrainada “Bayraktar” zavodi quriladi

Ukrainada loyiha bo‘yicha ish boshlab yuborilgan, zavod uchun yer ajratilgan.

1867237
Ukrainada “Bayraktar” zavodi quriladi

 

Turkiya hukumati bir hafta avval Ukrainada “Bayraktar” zavodi qurilishi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni ma’qullagan va hujjatni ratifikatsiya qilish uchun parlamentga yuborgan.

Bu haqda “Anadolu” agentligi Ukrainaning Anqaradagi elchisi Vasiliy Bodnarga tayanib xabar berdi.

“Ukrainada loyiha bo‘yicha ish boshlab yuborilgan, zavod uchun yer ajratilgan”, deyiladi xabarda.

Elchining so'zlariga ko‘ra, dronni yaratishda, masalan, dvigetel, g‘ildiraklar va boshqa ayrim extiyot qismlarni ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyodan foydalaniladi. Ukrainadagi vaziyatga qaramay, kompaniyalar zimmasidagi majburiyatni bajarishda davom etmoqda.

Avvalroq, Turkiyaning “Baykar Makina” bosh direktori Xaluk Bayraktar dronlarni Rossiyaga sotmasligini aytgan edi.

“Biz u davlatga hech narsa yetkazib bermadik va bunday keyin ham shunday bo‘ladi”,-degan edi u.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Bayraktar

Aloqador xabarlar