Nigeriyada xavfsizlik muammolari kuchaygani sababli barcha poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan

Nigeriya temir yo‘l kompaniyasi (NRC) direktori Fidet Oxiriyaning aytishicha, qurollangan shaxslar Kogi shtatidagi Ajaokuta vokzalida yo‘lovchilarga hujum qilgan.

1863637
Nigeriyada xavfsizlik muammolari kuchaygani sababli barcha poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan

 

Nigeriyada xavfsizlik muammolari kuchaygani sababli barcha poyezdlar qatnovi to‘xtatilgani ma’lum qilindi.

Nigeriya temir yo‘l kompaniyasi (NRC) direktori Fidet Oxiriyaning aytishicha, qurollangan shaxslar Kogi shtatidagi Ajaokuta vokzalida yo‘lovchilarga hujum qilgan.

Oxiriya mamlakatdagi xavfsizlik muammolari ortib borayotgani sababli barcha poyezdlar qatnovining keyingi xabarga qadar to‘xtatilganini bildirdi.

Terroristlar 28-mart kuni Kadunadagi bir vokzalga bombali hujum uyushtirgan, voqeada 8 kishi hayotdan ko'z yumgan, 46 kishi yaralangan edi.

Ushbu hodisa natijasida poytaxt Abuja va Kaduna o'rtasidagi poyezd qatnovi vaqtincha to'xtatildi.


Tanlangan kalimalar: #poyezdlar qatnovi , #xavfsizlik , #Nigeriya

Aloqador xabarlar