AQShning Kentukki shtatida kuchli yomg'ir oqibatida halok bo'lganlar soni 37 nafarga yetdi

Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) Kentukki shtatida kuchli yomg'ir va loy toshqinlari oqibatida halok bo'lganlar soni 37 nafarga yetdi.

1862493
AQShning Kentukki shtatida kuchli yomg'ir oqibatida halok bo'lganlar soni 37 nafarga yetdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) Kentukki shtatida kuchli yomg'ir va loy toshqinlari oqibatida halok bo'lganlar soni 37 nafarga yetdi.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, yuzlab odamlar hali ham bedarak yo'qolgan.

Shtat gubernatori Endi Beshear suv toshqinlarida hayotdan ko'z yumganlar soni ortib borayotganidan xavotirda ekanliklarini aytdi.

Mamlakatning eng qashshoq mintaqalaridan birini vayron qilgan yomg'ir suvining 30 santimetrdan oshgani haqidagi ma'lumotni baham ko'rgan Bashear, mintaqa aholisini kuchli shamolning yana bir tahdidni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSh Milliy gvardiyasi qo'mondoni general Daniel Xokanson 400 ga yaqin odam vertolyot bilan qutqarilganini, 18 ming kishi elektrsiz qolganini, kamida 300 kishi kazarmalarga boshpana topganini ma'lum qilgan.

Hududdagi ko‘priklar va yuzlab uylar suv ostida qolgan.

Kaliforniyada juma kunidan beri davom etayotgan o'rmon yong'inlari hududida yonib ketgan avtomobil ichidan ikki jasad topilgani aytildi.

Kaliforniyaning bu yil boshidan kechirgan eng kattasi bo'lgan minglab uylarga tahdid solgan o'rmon yong'inining haddan tashqari issiqlik tufayli kuchayishi ta'kidlandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #halok , #37 kishi , #kuchli yomg'ir , #Kentukki , #AQSh

Aloqador xabarlar