Odessa portidan don yuklangan birinchi kema yo‘lga chiqdi

Ukrainaning Odessa portidan don yuklangan birinchi kema Turkiya vaqti bilan soat 08:30 da yo‘lga chiqdi.

1861770
Odessa portidan don yuklangan birinchi kema yo‘lga chiqdi

Ukrainaning Odessa portidan don yuklangan birinchi kema Turkiya vaqti bilan bugun soat 08.30 da yo‘lga chiqdi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning vazirlar va tegishli tomonlar bilan bo‘lgan uchrashuvlar hamda Istanbuldagi Mushtarak Koordinatsiya markazining jadal faoliyati natijasida don yuklangan ilk kemaning bugun soat 08:30 da Odessa portidan yo‘lga chiqishi masalasida kelishib olingani qayd etildi.

Makka yuklangan va Razoni deb nomlangan Sierra Leone bayroqli bosh yuk kemasining Livanga ketishi bildirilgan bayonotda:

“2022-yil 22-iyulida Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻrtasida imzolangan don va don mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda tashish tashabbusi hujjati doirasida yo‘lga chiqayotgan birinchi kema ortidan, qolgan kemalarning ham aniqlangan yo‘lak va shartlar asosida faoliyat yuritishi rejalashtirilmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Vazirlikning keyingi bayonotida esa,

“Razoni deb nomlangan kema Livanning Tripoli portiga qarab Odessadan yo‘lga chiqdi. Kemaning 2-avgust kuni Istanbulda bo‘lishi kutilmoqda. U, Istanbulda o‘tkaziladigan tekshiruvdan so‘ng safarini manzil tomon davom ettiradi”.-deyildi.



Aloqador xabarlar