AQSh Germaniyaga 8,4 mlrd dollarlik F-35 qiruvchi samolyoti sotishni ma'qulladi

"AQSh Davlat departamenti Germaniyaga F-35 samolyotlari, tegishli jihozlar va o'q-dorilarni, taxminiy qiymati 8,4 milliard dollarga sotishni ma'qullashga qaror qildi",-deyiladi bayonotda.

1861156
AQSh Germaniyaga 8,4 mlrd dollarlik F-35 qiruvchi samolyoti sotishni ma'qulladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti Germaniyaga 8,4 milliard dollarlik 35 ta F-35 qiruvchi samolyoti va o'q-dorilarini sotishni ma'qulladi.

Bu haqda AQSh Mudofaa Xavfsizligi bo’yicha hamkorlik agentligining yozma bayonotida keltirilgan.

"AQSh Davlat departamenti Germaniyaga F-35 samolyotlari, tegishli jihozlar va o'q-dorilarni, taxminiy qiymati 8,4 milliard dollarga sotishni ma'qullashga qaror qildi",-deyiladi bayonotda.

Kongressga sotuvga ruxsat berilgani haqida ma’lum qilingan bayonotda, savdo paketiga qo'nish va uchish qobiliyatiga ega 35ta F-35A samolyoti, 37 ta zaxira dvigatel, ko'p sonli qiruvchi samolyotlar, turli kalibrli va qobiliyatli o'q-dorilar va boshqa yordamchi uşkunalar kiritilganligi ta'kidlandi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, savdoni tasdiqlash qarori Germaniya Ukrainaga ilg'or raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berishga rozi bo'lganidan keyin olingan.

Mart oyida Germaniya hukumati AQShdan Tornado samolyotlari o‘rniga 35ta F-35 qiruvchi samolyotini sotib olishi xabar qilingan edi.


Tanlangan kalimalar: #F-35 , #Germaniya , #AQSh

Aloqador xabarlar