Pokistonda musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Pokistonda musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar sonida yana ortish qayd etildi.

1860771
Pokistonda musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Pokistonda iyun oyi o‘rtalaridan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 343 nafarga yetdi.

Mahalliy matbuotda o‘rin olgan ma’lumotlarga ko‘ra oxirgi 24 soatda og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan Panjabda 10. Gilgit-Baltistonda 8, Azad-Jammu-Kashmirda 5, Sind va Haybar-Paxtunxvada 4 kishidan 8 jami 31 kishi halok bo‘ldi.

Rasmiylar 14-iyuldan beri musson yomg‘irlarida halok bo‘lganlar sonining 343 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Mamlakat bo‘ylab qariyb 6 haftadan beri davom etayotgan yog‘ingarchilikda 8 ming 623 uy ziyon ko‘rdi. Ulardan 3 ming 313 tasi butunlay yiqildi.

Balujiston va Azad-Jammu-Kashmirda 1500 dan ortiq chorva mollari nobut bo‘ldi.

Ketta-Karachi avtomobil yo‘lining suv ostida qolgan 5 kilometrlik qismida, faoliyatlar davom etmoqda. Nomi tilga olingan quriqlik yo‘li 2 kundan beri xizmatga bekitilgan vaziyatda.

Mamlakatning bir necha shahridagi qidiruv va qutqaruv faoliyatlariga Pokiston armiyasi vertolyor va qayiqlar bilan yordam bermoqda.

Umumiy olib qaraganda Pokistonda oxirgi 6 haftadan beri davom etayotgan yog‘ingarchilik oqibatida Balujistonda 104, Sindda 88, Haybar-Paxtunxvada 67 va Panjob viloyatida 71 kishi vafot etdi. Gilgit-Baltison mintaqasida 8 va Azad-Jammu-Kashmirda esa 5 kishi jon berdi.

 

 



Aloqador xabarlar