Pokistonda musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Joriy yilning iyun oyi o‘rtalaridan beri Pokistondagi musson yomg‘irlari davom etmoqda.

1860005
Pokistonda musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi

Pokistonda iyun oyi o‘rtalaridan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 312 nafarga yetdi.

Karachida og‘ir yog‘ingarchilik yo‘l ochgan ofat va baxtsiz hodisalar natijasida yana 7 kishi halok bo‘ldi.

Kecha Karachida 4 kishi elektr toki urishi oqibatida jon bergandi.

Bir necha hududda elektr ta’minotida uzildi.

Sind viloyati bo‘ylab elektr energiyasining uzilishi yuzasidan norozilik namoyishi uyushtirildi.

Haydarobodda ham yomg‘irlar yo‘l ochgan ofat va baxtsiz hodisalar 3 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Sind viloyati, Karachi va Haydarobod shaharlarida kuchli yog‘ingarchilik tufayli kecha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Og‘ir yog‘ingarchilik Balujiston viloyatida ham qayd etildi.

Ketta-Karachi avtomobil yo‘lidagi 2 ta ko‘prik yiqildi, quriqlik yo‘lining 4 kilometri suv ostida qoldi.

Huzdar tumanida bir uy tomining cho‘kishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bela viloyatida esa yog‘ingarchilik yuzasidan 2 kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri yosh bola.

Panjobning Rajanpur shahriga qarashli 22 ta qishloq bilan Mianvalidagi 13 qishloq suv ostida qoldi.

Oxirgi 24 soat ichida mamlakatning turli shaharlarida og‘ir yog‘ingarchilik tufayli 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Bu orqali, mamlakatda oxirgi 5 haftadan beri davom etayotgan yomg‘irlar oqibatida Belujistonda 104, Sindda 84, Hayber Paxtunxvada 63 va Panjob viloyatida 61 kishi vafot etdi.



Aloqador xabarlar