Isroil Suriyaning poytaxti Damashqqa havo hujumi uyushtirgani iddao qilindi

Asad rejimining xabar agentligi SANA, harbiy manbaga tayangan holda, Isroil havo hujumlari mahalliy vaqt bilan soat 00:32 da Damashq atrofidagi rejim kuchlariga tegishli ba'zi nuqtalarga uyushtirilganini da'vo qildi.

1858127
Isroil Suriyaning poytaxti Damashqqa havo hujumi uyushtirgani iddao qilindi

 

Isroil Suriyaning poytaxti Damashqqa havo hujumi uyushtirgani iddao qilindi.

Asad rejimining xabar agentligi SANA, harbiy manbaga tayangan holda, Isroil havo hujumlari mahalliy vaqt bilan soat 00:32 da Damashq atrofidagi rejim kuchlariga tegishli ba'zi nuqtalarga uyushtirilganini da'vo qildi.

Yangiliklarda,

“Havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz bosib olingan Golan tepaliklari yoʻnalishidan kelayotgan dushman raketalarining bir qismini urib tushirdi”. ifoda ishlatilgan.

Kuchli portlash tovushlari eshitilgani bildirilgan xabarda, rejim armiyasidan 3 nafar askarning  halok  bo'lgani bildirildi.

Ma’lumki, poytaxt Damashq va uning qishloqlarida Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan xorijiy terror guruhlari va Hizbullohga, shuningdek, rejim armiyasiga tegishli harbiy nuqtalar mavjud.

Hujum yuzasidan Isroil rasmiylaridan hech qanday izoh berilmagan.


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Suriya , #Isroil

Aloqador xabarlar