Isroil armiyasi Livandan o'z havo hududiga kirgan UHVni urib tushirganini e'lon qildi

Isroil armiyasi tomonidan berilgan bayonotda, havo nazorati bo'linmalari Livandan havoga ko'tarilgan "ehtimol Hizbullohga tegishli" UHVni aniqlab urib tushirgani bildirildi.

1856520
Isroil armiyasi Livandan o'z havo hududiga kirgan UHVni urib tushirganini e'lon qildi

 

Isroil armiyasi Livandan o'z havo hududiga kirgan uchuvchisiz havo vositasini (U HV) urib tushirganini e'lon qildi.

Isroil armiyasi tomonidan berilgan bayonotda, havo nazorati bo'linmalari Livandan havoga ko'tarilgan "ehtimol Hizbullohga tegishli" UHVni aniqlab urib tushirgani bildirildi.

Isroil armiyasi tomonidan tarqatilgan fotosuratda urib tushirilgan UHV fuqarolik maqsadlarida foydalanish uchun professional "dron" kamerasi ekanligi ko'rinib turibdi.

Isroil armiyasi 2-iyul kuni Livan chegarasi yaqinidagi eksklyuziv iqtisodiy zonaga yuborilgan 3 ta UHV urib tushirilganini ma’lum qilgan edi.

Voqea ortidan Livan Hizbullohi tomonidan qilingan bayonotda, ikki o'lka o'rtasidagi bahsli dengiz hududi Karish hududiga UHVlarning hujum uyushtirgani tasdiqlandi.

Isroil armiyasi Livandan o'z havo hududiga kirgan uchuvchisiz havo vositasini urib tushirganini e'lon qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #UHV urib tushirdi , #Livan , #Isroil

Aloqador xabarlar