BMT: YPG/PKK Suriyada qariyb 250 nafar bolani qurolli guruhiga qoʻshib olgan

BMT, har yili tayyorlagan va urushlarda qoʻliga qurol berilgan, oʻldirilgan, mayib qilingan shuningdek hibsga olingan bolalar haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan “2021 Bolalar va qurolli toʻqnashuvlar” deb nomlangan hisobotini chop etdi.

1854750
BMT: YPG/PKK Suriyada qariyb 250 nafar bolani qurolli guruhiga qoʻshib olgan

Rasmiy ma’lumotlarga koʻra YPG/PKK terror tashkiloti Suriyada qariyb 250 nafar bolani qurolli guruhiga qoʻshib olgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Kotibligi har yili tayyorlagan va urushlarda qoʻliga qurol berilgan, oʻldirilgan, mayib qilingan shuningdek hibsga olingan bolalar haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan “2021 Bolalar va qurolli toʻqnashuvlar” deb nomlangan hisobotini chop etdi.

Unda Suriya, bolalarga nisbatan eng koʻp zo‘ravonlik qayd etilgan davlatlardan biri sifatida qoʻlga olindi.

Suriyada faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning koʻpchiligi tomonidan bolalar qoʻliga qurol berilganiga e’tibor qaratilgan hisobotda, Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) va Gʻarb davlatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va SDG nomidan foydalangan YPG/PKK terror tashkilotining 2021-yili 221 bolani qurolli guruhiga qoʻshib olgani ta’kidlandi.

Hisobotda, YPG/PKKning qanoti boʻlgan va AQSh tomonidan tashkil ettirilgan “Ichki xavfsizlik kuchlari” deb nomlangan terorr tashkilotidan tugʻilgan guruh ichida esa bir yilda 24 bolaning ish bilan ta’minlagani qayd etildi.

Shuningdek, terror tashkilotiga qarashli va goʻyo “Afrin ozodlik kuchlari”ning ham 2021-yilda 2 bolani o‘zining qurolli guruhiga qoʻshib olgani qayd etildi.

Hisobotda shuningdek, YPG/PKK tomonidan oʻtgan yili Suriyada 55 nafar bolaning, “Afrin ozodlik kuchlari” va “Ichki xavfsizlik kuchlari” tomonidan esa 18 nafar bolaning oʻldirilgani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #BMT , #YPG/PKK

Aloqador xabarlar