Afg‘onistondagi yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 1 ming 150 nafarga yetdi

Afg‘oniston Milliy axborot agentligi, yer silkinishida halok bo‘lganlar sonining 1 ming 150 nafarga yetgani va kamida 1 ming 600 nafar kishining tan jarohati olganini bildirdi.

1847894
Afg‘onistondagi yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 1 ming 150 nafarga yetdi

Afg‘onistonning Paktika viloyatida 22-iyun kuni sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 1 ming 150 nafarga yetdi.

Afg‘oniston Milliy axborot agentligi, yer silkinishida halok bo‘lganlar sonining 1 ming 150 nafarga yetgani va kamida 1 ming 600 nafar kishining tan jarohati olganini bildirdi.

Voqea oqibatida 3 mingga yaqin uy vayron bo‘lgani yoki jiddiy ziyon ko‘rgani ham ilova etildi.  

Yer silkinishining epitsentri Afg‘oniston sharqidagi Pokiston chegarasida joylashgan Xost viloyatining 46 kilometr janubi-g‘arbi ekani aytilgandi.

Paktika gubernatorligi mavzu haqida bergan bayonotida, qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangani va hozirda vayronalarni olib tashlash ishlari boshlatilganini ma’lum qildi.

Yer silkinishida eng ko‘p ziyon ko‘rgan Paktika viloyatining G‘iyyan va Barmel tumanlari va qishloqlariga bugun birinchi insonparvarlik yordami yetkazila boshladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli agentliklar bilan turli xalqaro nohukumat tashkilotlarining zarur oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shak va tibbiy buyumlari voqea sodir bo‘lgan hududga yetkazildi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati ham 500 oilaga oziq-ovqat jihatidan yordam yetkazib berar ekan, Inson huquqlari va erkinliklari Insonparvarlik yordam fondi ham 500 kishiga issiq ovqat tarqatdi.

Tolibon yetakchiligining Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Kalender Ibad, Migratsiya va yurtga qaytish masalasi bo‘yicha vazir o‘rinbosari Halilurrahmon Hakkoniy, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sirojiddin Hakkoniy va turli yuqori martabali rahbarlar mintaqaga borib, yordamning oshirilishini ifoda etdi.

Xalqaro nodavlat tashkilotlar ko‘magida Tolibon ma’muriyatining Sog‘liqni saqlash vazirligi, yer silkinishi sodir bo‘lgan hududda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini boshladi.

Shuningdek, butun Afg‘onistonda voqea qurbonlariga yordam kampaniyasi boshlatildi.

Ziyon ko‘rgan bir necha kishi, uylaridagi ashyolarning vayrona ostida qolganini ifoda etar ekan, zudlik bilan oziq-ovqat mahsulotlari va chodirlarga muhtojligini aytishdi.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Paktika , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar