Hindistonda kuchli suv toshqini tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 71 nafarga yetdi

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, bir necha hafta davom etgan kuchli yomg'irlar natijasida Osiyodagi eng katta daryolardan biri bo'lgan Brahmaputra daryosining toshishi sabab yana 9 kishi halok bo'lgan va 6 apreldan beri qurbonlar soni 71 kishiga yetgan.

1845856
Hindistonda kuchli suv toshqini tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 71 nafarga yetdi

 

Hindistonning Assam shtatida kuchli suv toshqini tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 71 nafarga yetdi.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, bir necha hafta davom etgan kuchli yomg'irlar natijasida Osiyodagi eng katta daryolardan biri bo'lgan Brahmaputra daryosining toshishi sabab yana 9 kishi halok bo'lgan va 6 apreldan beri qurbonlar soni 71 kishiga yetgan.

Assam shtatining tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (ASDMA) xabar berishicha, so'nggi 24 soat ichida shtatning 33 tumanida suv toshqini sodir bo'lgan, 4 milliondan ortiq odam toshqindan zarar ko'rgan.

Boshqa tomondan, rasmiylar 8 kundan beri suv toshqinlari va ko'chkilar ostida bo'lgan Assamda 8 kishining bedarak yo'qolganligini ma'lum qildi.

Tabiiy ofat tufayli 186 ming 424 kishining yordam lagerlariga boshpana topgani bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #halok , #17 kishi , #suv toshqinlari , #Sel , #Hindiston

Aloqador xabarlar