Ukraina NATOdan og‘ir qurollar talab qildi

Ukraina NATOdan nimalar talab qilganini ma'lum qildi.

1842839
Ukraina NATOdan og‘ir qurollar talab qildi

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak, Rossiya bilan urushni to‘xtatish uchun og‘ir qurollarga ehtiyojlari borligini bildirdi.

Podolyak mavzu haqida Twitter hisobi orqali:

“Ochiq gapiraman, urushni to‘xtatish va Rossiyani Ukrainadan haydash uchun 1000 ta 155 mm kalibrli gaubitsa, 500 ta tank, 300 ta baravar o‘t ochish reaktiv tizimi, 2000 ta zirxli vosita va 1000 dona insonsiz havo transportiga ehtiyojimiz bor”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Podolyak, Ukrainaning 15-iyunda bo‘lib o‘tadigan NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yig‘ilishidan ham shu haqida qaror kutganini ta’kidladi.  


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #NATO , #og‘ir qurollar

Aloqador xabarlar