Buyuk Britaniya Ukrainaga uzoq masofali raketa tizimlarini yuboradi

Buyuk Britaniya Ukrainaga M270 yalpi hujum reaktiv tizimlari bilan ta’minlaydi, ular 80 km masofadagi nishonlarni urib tushira oladi.

1838241
Buyuk Britaniya Ukrainaga uzoq masofali raketa tizimlarini yuboradi

 

Buyuk Britaniya Ukrainaga uzoq masofali raketa tizimlarini yuboradi.

Mudofaa vaziri Ben Uollesning ta'kidlashicha, Buyuk Britaniya Ukrainani M270 yalpi hujum reaktiv tizimlari bilan ta’minlaydi. Ular 80 km masofadagi nishonlarni urib tushira oladi. 

Uollesning aytishicha, Buyuk Britaniya ushbu urushda Ukrainaning yonida va qahramon qo'shinlarni nohaq bosqinlardan himoya qilish uchun zarur bo'lgan muhim qurol-aslahalar bilan ta'minlashga tayyor. Britaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi Rossiya taktikasi rivojlanishi bilan o‘zgarib bormoqda. 

“Ushbu yuqori samarali uzoq masofali raketa tizimlari ukrainalik do‘stlarimizga Putin kuchlari shaharlarni vayron qilish uchun ishlatgan uzoq masofali artilleriyalarning shafqatsiz qo‘llanilishidan o‘zlarini yaxshiroq himoya qilish imkonini beradi”, deydi vazir. 

M270 tizimlari bilan ta’minlash Qo‘shma Shtatlar bilan kelishilgan, chunki texnika Amerika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va uchinchi tomonga o‘tkazish uchun Vashingtondan rasmiy ruxsati talab qilinadi. 

Qayd etilishicha, Ukraina kuchlari Britaniyada yangi raketalardan foydalanishga o‘rgatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik artilleriyachilar HIMARS  va M270 dan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlagani haqida xabar berilgandi. 

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari shunga o‘xshash tizimlar yuborishini, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Ukrainadagi yangi nishonlarni urishini ma’lum qilgan edi. Bu e'londan ko'p o'tmay, Rossiya aprel oyidan beri birinchi marta 5 iyun kuni Ukraina poytaxti Kiyevga zarba berdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar