Bayden Ukrainaga 700 mln dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi

AQSH hukumati Ukrainaga 700 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etmoqda. Unga HIMARS yalpi hujum reaktiv tizimlari va ularning o‘q-dorilari ham kiradi.

1836555
Bayden Ukrainaga 700 mln dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Ukrainaga ilg'or raketa tizimlarini o'z ichiga olgan yangi 700 million dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi.

Jo Bayden yozma bayonotida Ukrainaning Rossiyaga qarshi "jasur" kurash olib borayotganini, AQShning bu davlatga mudofaa yordami davom etishini bildirdi.

“Men Ukraina armiyasiga o'z vaqtida va muhim yordam ko'rsatish uchun yangi harbiy yordam paketini e'lon qilaman”,-deb aytgan Jo Bayden.

Bayden AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlangan yordam paketi doirasida Ukrainaga qurol yordami davom etayotganini bildirdi.

"Ushbu yangi yordam paketi Ukrainaga Rossiyadan o'zini himoya qilishga yordam beradigan yangi aktivlar va eng yangi qurollar, jumladan HIMARS bilan ta’minlaydi", deydi Bayden.

Jo Bayden tomonidan imzolangan farmonda Ukrainaga yordam paketining qiymati 700 million dollarga teng ekani bildirildi.

Shu bilan birga, AQSh Mudofaa vazirining o'rinbosari Kolin Kal Kiyev ma'muriyatidan Ukraina armiyasiga taqdim etadigan HIMARS raketa tizimlari faqat mudofaa maqsadlarida ishlatilishi va Rossiya hududiga hujumlarda qo'llanilmasligi haqida kafolat olganliklarini e'lon qildi.

 

Yangi yordam paketiga quyidagilar kiritilmoqda:

•    yuqori harakatlanuvchi artilleriya raketa tizimlari va o‘q-dorilar
•    5 ta artilleriyaga qarshi radar;
•    2 ta harbiy kuzatuv radari;
•    1000 ta Javelin
•    6000 ta tankga qarshi qurol:
•    15 000 ta kalibri 155 mm.li artilleriya snaryadlari;
•    4 ta Mi-17 vertolyoti;
•    15 ta taktik mashina
•    ehtiyot qismlari va uskunalar.

 


Tanlangan kalimalar: #HİMARS , #Ukraina , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar