Sallivan:"Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiya bilan muammosini hal qilish mumkin"

AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zoligi borasida bildirgan xavotirlarini hal etish mumkinligini bildirdi.

1829717

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
Sallivan Baydenning Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Prezident samolyotida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

U Prezident Jo Bayden Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan uchrashganini ta’kidlab, AQSH ushbu ikki mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish jarayonini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

“Biz Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lishi borasidagi xavotirlari Prezident Erdo‘g‘an va boshqa rasmiylar tomonidan muhokama qilinishi hamda hal etilishi mumkinligiga ishonamiz”, deydi Sallivan ikki mamlakatning alyansga qo‘shilishi jarayonida Turkiyaning pozitsiyasi haqida.

Shu bilan birga, u Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin bilan uchrashgani va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashganini eslatib, bugun Finlyandiya Prezidenti va Shvetsiya Bosh vaziri bu muammoni Prezident Erdo‘g‘an bilan bevosita uchrashishib muhokama qilishga tayyor ekanini aytdi.

Shuningdek, Sallivan, bu masalani Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya o‘rtasida hal qilish kerak ekanligiga ham urg‘u berdi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Finlyandiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar