AQSh Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotish masalasini muhokama qilmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Kongressga F-16 qismlari va ushbu samolyotlarda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan ba’zi raketa va radar tizimlarining sotilishi haqida ma’lumot berdi.

1825757
AQSh Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotish masalasini muhokama qilmoqda

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Kongressga F-16 qismlari va ushbu samolyotlarda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan ba’zi raketa va radar tizimlarining sotilishi haqida ma’lumot berdi.

Wall Street Journal gazetasi AQSh rasmiylariga tayanib bergan xabariga ko'ra, Prezident Jo Biden ma'muriyati Ukraina urushini to’xtatish bo’yicha o’ynagan rolidan so’ng, Turkiyaga F-16 sotilishiga yo'l ochishi mumkin bo'lgan yangi qurol savdosi borasidagi sa'y-harakatlarini oshirdi.

Shunga ko'ra, Bayden ma'muriyati Turkiyaga F-16 qismlarining bir qismini, shuningdek, bu samolyotlarda qo'llanilishi uchun raketa va radar tizimlarini sotish bo'yicha loyihani Kongressga yubordi. Agar Kongress rahbarlari bu sotuvga e'tiroz bildirmasa, yaqin kunlarda Kongressga rasmiy savdo bayonnomasi yuborilishi kutilmoqda.

Rasmiylar Bayden boshqaruvining ushbu qadamida 24-fevraldan beri urush davom etayotgan Rossiya va Ukraina o'rtasidagi muzokaralarda Turkiyaning yetakchilik qilishi va Ukraina armiyasiga qurolli uchuvchisiz uchish apparati SIHA bo’yicha yordam berishi samarali bo'lganiga diqqat qaratdi.

Bundan tashqari, rasmiylarga ko'ra, Kongressda ushbu qurol savdosining ma'qullanishi Turkiyaga 40 ta F-16 samolyotlari sotilishiga imkoniyat yaratishi mumkin.

AQSh Davlat departamenti Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida, taklif rasmiylashtirilganga qadar bu mavzuda izoh bermasligi bildirildi.

AQSh Davlat departamenti tomonidan mart oyida Kongressga yuborilgan maktubda, “F-16 samolyotlarining Turkiyaga sotilishi AQShning milliy manfaatlariga mos keladi” deb baholangan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #F-16 , #AQSh

Aloqador xabarlar