Bayden, Ukrainaga harbiy texnikani kreditga yoki ijaraga berishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy texnikani kreditga yoki ijaraga berishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

1824412

Jo Bayden Kongress ma'qullagan 2022 yilgi Ukraina kreditlash-lizing qonunini Oval ofisda imzolash marosimi bilan tasdiqladi.

Bayden o'z nutqida

" Amerika Qo'shma Shtatlar ukrainaliklarni o'z mamlakati va demokratiyani (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning shafqatsiz urushidan himoya qilish uchun kurashida qo'llab-quvvatlaydi". iborasini ishlatgan.

Ushbu qonun bilan Ukrainaga harbiy texnika jo'natish va mudofaa yordamini ko'rsatish jarayonini osonlashtirish maqsad qilingan.

 Amerika Qo'shma Shtatlar 1941 yilda Ikkinchi Jahon urushiga kirishdan oldin, u urushda faol ishtirok etmagan bo'lsa-da, bu qonundan Britaniya va uning boshqa ittifoqchilariga asbob-uskunalar bilan yordam berish uchun foydalangan.

Rossiya askarlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum uyushtirdi.

Tanlangan kalimalar: #ruxsat , #harbiy texnika , #Ukraina , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar