Pentagon, Afg'onistonda qoldirilgan harbiy texnika haqida ma’lumot berdi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligi Kongressga taqdim etgan hisobotda, AQSh Afg'onistondan  harbiylarini olib chiqish jarayonida 7 milliard dollarlik harbiy texnika qoldirgani e'lon qilindi.

1820372

Amerikaning CNN televideniyesi xabarida,

"Amerika Qo'shma Shtatlar 2005 yildan 2021 yil avgustigacha Afg'oniston Milliy Mudofaa va Xavfsizlik Kuchlariga (ANDSF) 18,6 milliard dollarlik jihozlar yetkazib berdi". Deya ifoda etildi.  

Pentagon hisobotida, 30 avgust kuni AQSh Afg'onistonni tark etganidan keyin ushbu harbiy texnika 7,12 milliard dollari shu davlatda qolgani aytilgan.

Hisobotda aytilishicha, Pentagon Afg‘onistonga bu harbiy texnika “qayta tiklash yoki yo‘q qilish” uchun qaytishni rejalashtirmaydi, bu jihozlar qatoriga samolyotlar, havo-yer o‘q-dorilari, harbiy mashinalar, qurol-yarog‘, aloqa vositalari va boshqa materiallar kiradi.

Hisobotda Afg'onistonda qiymati 923,3 million dollarlik 78 ta samolyot qolgani va bu samolyotlarning aksariyati AQSh armiyasi jo'nab ketishidan oldin yaroqsiz holga keltirgani ta'kidlangan.

Bulardan tashqari Afgʻonistonda qiymati 6 million dollardan ortiq boʻlgan 9 ming 524 ta havo-yer oʻq-dorilari, 40 mingdan ortiq harbiy texnika, 300 mingdan ortiq qurol-aslaha qolgani maʼlum qilindi.

Aloqador xabarlar