Ukraina urushida 22 mingga yaqin rus askar halok bo'ldi

Ukraina Bosh shtabi Rossiya armiyasining 24-fevraldan 25-aprelgacha boʻlgan yoʻqotishlari haqida bayonot berdi.

1817561
Ukraina urushida 22 mingga yaqin rus askar halok bo'ldi

 

Ukrainaga qarshi urush e'lon qilgan Rossiya armiyasining taxminan 21 ming 900 askari urushda halok bo'ldi.

Shuningdek, 181 samolyoti, 154 vertolyoti va 884 tanki yo'q qilingani ma'lum qilindi.

Ukraina Bosh shtabi Rossiya armiyasining 24-fevraldan 25-aprelgacha boʻlgan yoʻqotishlari haqida bayonot berdi.

Bayonotga ko'ra, Ukrainaga hujum qilgan Rossiya armiyasidan 21 900 ga yaqin askar halok bo'lgan, 181 rus samolyoti, 154 vertolyot, 884 tank, 2258 zirhli mashina, 411 artilleriya, 149 raketa uchirish tizimi va 69 havo mudofaa tizimi yo'q qilingan.

Rossiya kuchlari, shuningdek, 1566 ta mashina, 8 ta kema va yengil tezyurar qayiq, 76 ta yonilg‘i tashish tankeri va 201 ta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘qotdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar