Ukraina Bosh shtabi: Rus armiyasidan 21 mingdan ortiq askar halok bo‘ldi

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 22-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1816369
Ukraina Bosh shtabi: Rus armiyasidan 21 mingdan ortiq askar halok bo‘ldi

Ukrainaga urush e’lon qilgan rus armiyasi bugungacha 21 ming 200 askaridan ajrab, 176 ta uchoq, 153 ta vertolyot va 838 ta tankini qo‘ldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 22-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan 21 ming 200 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 176 ta uchoq, 153 ta vertolyot, 838 ta tank, 2 ming 162 ta zirhli vosita, 397 ta og‘ir qurol, 138 ta raketa otish tizimi va 69 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1 ming 523 ta mashina, 8 ta kema va tezyurar qayiqlar, 76 ta yonilg‘i tashish mashinasi va 172 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar