Zelenskiy:"Ukraina iqtisodiyotini tiklash uchun oyda 7 mlrd dollar mablag' kerak"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumi natijasida yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplash uchun mamlakatga oyga 7 milliard dollar kerakligini aytdi.

1816328
Zelenskiy:"Ukraina iqtisodiyotini tiklash uchun oyda 7 mlrd dollar mablag' kerak"

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumi natijasida yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplash uchun mamlakatga oyga 7 milliard dollar kerakligini aytdi.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina urush tufayli 550 milliard dollar yo‘qotdi", – dedi Zelenskiy Xalqaro Valyuta Jamg’armasi va Jahon banki rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.

Zelenskiy ushbu davra suhbatida videokonferensiya shaklida ishtirok etgan.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina iqtisodiyotini qayta tiklash uchun har oyda 7 milliard dollargacha mablag‘ kerak bo‘ladi.

"Sizlarning yordamlaringiz bilan biz millatimizni tez fursatda oyoqqa turg‘izamiz. Bu, turli mamlakatlarning biznesi uchun ham yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi, demakdir", – dedi u.

Mamlakat bo‘ylab maktablar, universitetlar, shifoxonalar, korxonalar va infratuzilmalarning vayron bo‘lganini tilga olgan Zelenskiy, Rossiyaning Qora dengiz portlarini blokirovka qilishi Ukraina eksporti va dunyo oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir qilganini aytdi.

U shuningdek, xalqaro hamjamiyat Rossiyani Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki kabi xalqaro moliya institutlaridan chetlashtirishi kerakligini ta’kidladi. U qolaversa, barcha davlatlarni Moskva bilan aloqalarini uzishga chaqirdi.

Jahon banki rahbari Devid Malpass o’z navbatida Rossiya hujumi oqibatida Ukrainada binolar va infratuzilmaga yetkazilgan zarar taxminan 60 milliard dollarga yetganini va urush davom etar ekan, bu raqam yanada ortishini bildirdi.

Malpass Ukrainaning asosiy davlat xizmatlarini davom ettirishini qo'llab-quvvatlash uchun allaqachon 3 milliard dollardan ko'proq mablag'ni safarbar qilganligini eslatdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva urush Ukraina iqtisodiyoti uchun halokatli ekanini ta’kidladi.

Uning ta'kidlashicha, yaqin 2-3 oy ichida Ukrainada iqtisodiyotni urush davrida ushlab turish uchun oyiga taxminan 5 milliard dollar kerak bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, ko‘proq tashqi moliyalashtirish, xususan, imtiyozli moliyalashtirish va tezkor grantlar zarurligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar