NATO yigʻilishi bugun ham davom etmoqda

NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Belgiya poytaxti Bryusselda yig‘ilish uyushtirildi.

1808922
NATO yigʻilishi bugun ham davom etmoqda

NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan va Ukrainadagi vaziyat qoʻlga olingan yigʻilish Belgiya poytaxti Bryusselda davom etmoqda.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ikkinchi kun majlislarining ochilishida soʻzlgan nutqida Ukraina, Gruziya, Finlandiya, Shvetsiya, Yevropa ittifoqi, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yangi Zelandiya tashqi ishlar vazirlarining ham ishtirok etayotganini aytib oʻtdi.

Buning Rossiya hujumlariga qarshi birdamlik ishorasi ekanini ta’kidlagan Stoltenberg, ayniqsa, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kulebani alohida salomlab, undan oxirgi vaziyat haqida toʻgʻridan ma’lumot olishining muhimligini qayd etdi.

Yigʻilish matbuotga yopiq tarzda davom etmoqda.

Aslida kecha boshlagan yigʻilish doirasida tashqi ishlar vazirlari kechki ovqatda uchrashgandi.

Stoltenberg birinchi kungi yigʻilish oldidan bergan bayonotida vazirlarning Ukrainaga yana-da koʻproq yordam berishi, Rossiyaning hujumkorona harakatlarining oqibatlari va Moskva bilan kelajakdagi munosabatlarni muhokama qilishlarini bildirgandi.

Stoltenberg, shuningdek, iyun oyida Ispaniya poytaxti Madridda boʻlib oʻtadigan sammitga qadar NATOning navbatdagi “Strategik konsepsiyasi”ni ishlab chiqishni muhokama qilishlarini oʻz ham soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar