NATO Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qilmoqda

NATO Belgiya poytaxti Bryusselda, Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qilmoqda.

1808447
NATO Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qilmoqda

NATO tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Belgiya poytaxti Bryusselda Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qilmoqda.

Ikki kun davom etadigan yig‘ilish kecha, NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohida Turkiya vaqti bilan soat 19:00da o‘z ishini boshladi.

Yig‘ilishni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken qo‘shma bayonotlari bilan ochib berdi.

Ochib berish oldidan jurnalistlarga intervyu bergan Stoltenberg,

“Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinda, butun Ukrainani nazorat qilish istagidan voz kechgani haqida hech qanday ishora ko‘rmadik. Shuning uchun biz tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu uzoq vaqt davom etishi mumkin”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Rossiyaning harbiy kuchlarini takror kuch yig‘ishi va qayta qurollantirish maqsadida Ukraina shimolidan chiqargani shuningdek, sharqqa qarshi yirik hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganiga guvoh bo‘lyapmiz”,-degan Stoltenberg, yig‘ilishda, Ukrainadagi ayovsiz urushni muhokama qilishlarini qayd etdi.



Aloqador xabarlar