Vladimir Zelenskiy Ukraina urushini genotsid deb atashni taklif qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi poytaxt Kiyev yaqinidagi aholi punktlarida ko‘plab tinch aholini qiynoqqa solgani va o‘ldirgani va bu esa  “genotsid” ekanligini ta’kidladi.

1806474
Vladimir Zelenskiy Ukraina urushini genotsid deb atashni taklif qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi poytaxt Kiyev yaqinidagi aholi punktlarida ko‘plab tinch aholini qiynoqqa solgani va o‘ldirgani va bu esa  “genotsid” ekanligini ta’kidladi.

Vladimir Zelenskiy Amerikaning CBS telekanaliga ulangan va 24 fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushini baholagan.

Rossiyaning chekinishi taktik kuch siljishi ekanini aytgan Zelenski, rus armiyasi ba'zi shaharlarni egallashga ko'p uringanini va buning Kiyev yaqinidagi ayrim aholi punktlarida katta vayronagarchiliklarga sabab bo'lganini aytdi.

Zelenskiy urush haqidagi filmlarni juda ko‘p ko‘rganini aytdi.

"Ammo biz bunga o'xshash narsani tasavvur qila olmasdik. Butun bir mamlakatni yo'q qilish qarori manik  bir qaror". dedi.

Ukraina rahbarining aytishicha, Rossiya armiyasi asosiy e'tiborini Ukraina sharqiga qaratgan va Qrim va Donbass mintaqasini bog'lash uchun to'plangan va u yerga Chechanlarni olib kelgan.

Ruslarning chekinishidan keyin Kiyev atrofidagi aholi punktlarida paydo bo'lgan vayronagarchilik bilan bog'liq fuqarolik jasadlari va tasvirlarni baholagan Ukraina Lideri, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bu o'limlarga aloqador barcha qo'mondonlarning sudlanishi kerakligini ta'kidladi. Zelenskiy

– Qo‘llari bog‘langan, tanalari kesilgan, qiynoqqa solingan va o‘ldirilgan bolalar tasvirlarini tasavvur qila olmayman deya o‘z mulohazalarini bildirdi.

Zelenskiy Kiyev yaqinidagi aholi punktlarida sodir bo‘lgan voqea “genotsid”mi yoki yo‘qmi, degan savolga Zelenskiy shunday javob berdi:

"Albatta, bu genotsid. Bu butun millat va xalqni yo'q qilishdir. Biz Ukraina fuqarolarimiz. Bizda yuzdan ortiq millat bor. Bu barcha xalqlarning yo'q qilinishi uchun . Biz Ukraina fuqarolarimiz va biz Rossiya Federatsiyasi siyosatiga bo'ysunishni istamaymiz. Shuning uchun bizni  yo'q  etilishimizning sababi budir. Va bu  esa 21-asr Yevropasida sodir bo'lmoqda."

Urush albatta tugashi kerakligini aytgan Zelenskiy minglab odamlar halok bo'lgan taqdirda tinchlikka rozi bo'lmaganini, ammo boshqa  bir yo'l yo'qligini ta'kidladi.

“Prezident sifatida aytamanki, agar biz yuz minglab, millionlab odamlar o‘lishini istamasak, muloqotdan boshqa  bir yo‘l yo‘q”, — dedi Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti videomurojaatida Germaniyaning sobiq bosh vaziri Angola Merkel va Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini rus askarlaridan ozod qilingan Busaga tashrif buyurishga taklif qildi.

1 aprel kuni poytaxt Kiyev yaqinidagi Bucha shahrini rus qo’shinlaridan ozod qilgan Ukraina armiyasi binolari vayron bo’lgan, ko’chalari jasadlarga to’la shaharga duch keldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Genotsid , #Vladimir Zelenskiy , #Urush , #Rossiya , #Ukrain

Aloqador xabarlar