O‘rta yer dengizidagi fojiada 90 dan ortiq noqonuniy muhojir hayotdan ko‘z yumdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi, O‘rta yer dengizida Chegara bilmas doktorlar tashkiloti duch kelgan dengiz halokati haqidagi Twitter postiga e’tibor qaratdi.

1806536
O‘rta yer dengizidagi fojiada 90 dan ortiq noqonuniy muhojir hayotdan ko‘z yumdi

O‘rta yer dengizidagi fojiada 90 dan ortiq noqonuniy muhojirning hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi, O‘rta yer dengizida Chegara bilmas doktorlar tashkiloti duch kelgan dengiz halokati haqidagi Twitter postiga e’tibor qaratgan holda:

“O‘rta yer dengizida sodir bo‘lgan boshqa fojiada esa 90 dan ortiq inson halok bo‘ldi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yevropa davlatlarining muhojirlarga nisbatan qo‘llayotgan nohaq munosabatlariga to‘xtalgan Grandi:

“Yevropa Ukrainadan kelgan 4 million qochqinni jon dili bilan qabul qilish qobiliyatini isbotladi. Endi buni tezlik bilan darvozasini qoqqan boshqa qochqin va muhojirlarga qanday qo‘llashi kerakligini o‘ylab ko‘rishi darkor”.-dedi.

Shu bilan birga Chegara bilmas doktorlar ma’lumotiga ko‘ra Liviyadan bir necha kun oldin yo‘lga chiqqan va O‘rta yer dengizini kesib o‘tishga uringan ko‘pchilikni tashigan qayiqdagi noqonuniy 90 nafardan ortiq muhojir, xalqaro suvlarda halok bo‘lgan.

Liviya Shimoliy Afrikadan Yevropaga noqonuniy yo‘llar orqali o‘tishni istagan noqonuniy muhojirlar tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan yo‘llardan biri hisoblanadi.



Aloqador xabarlar