Pokiston prezidenti Orif Alvi mamlakat parlamentini tarqatib yubordi

Ta’kidlanishicha, muxolifat parlamentda Imron Xonga ishonchsizlik votumini o‘tkazishga uringan. So‘ng Bosh vazir Prezidentga qonun chiqaruvchi organni tarqatib yuborishni taklif qilgan. Prezident taklifni qabul qilgan.

1806346
Pokiston prezidenti Orif Alvi mamlakat parlamentini tarqatib yubordi

 

Pokiston Prezidenti Orif Alvi kecha, 3-aprel kuni mamlakat bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan Milliy assambleyani (parlament quyi palatasi) tarqatib yubordi. 

Ta’kidlanishicha, muxolifat parlamentda Imron Xonga ishonchsizlik votumini o‘tkazishga uringan. So‘ng Bosh vazir Prezidentga qonun chiqaruvchi organni tarqatib yuborishni taklif qilgan. Prezident taklifni qabul qilgan. 

Pokiston Axborot va media-nashriyot vaziri o‘rinbosari Faruk Habib Twitter’da saylovlar 90 kun ichida o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Imron Xonga nisbatan ishonchsizlik votumi Konstitutsiyaning 5-moddasini buzganligi sababli parlament raisi o‘rinbosari Qosim Suri tomonidan rad etildi.

Konstitutsiyaning 5-moddasida shunday deyilgan: "Davlatga sodiqlik har bir fuqaroning asosiy burchidir. Konstitutsiya va qonunlarga boʻysunish har bir fuqaroning va Pokistondagi har bir fuqaroning qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, majburiyatidir".

Imron Xonga nisbatan ishonchsizlik harakati mamlakat parlamenti tomonidan 28-mart kuni 161 nafar “ha” ovozi bilan qabul qilingan edi.

Hukumat ishonchsizlik votumida ittifoqdosh boʻlgan partiyalar muxolifat tomoniga oʻtishini eʼlon qilganidan keyin parlament ustunligi muxolifat bloki safiga oʻtgan edi.

"Muxolifatning menga impichment e'lon qilishga urinishi Amerika Qo'shma Shtatlarining ichki siyosatimizga ochiq aralashuvidir",-degandi Imron Xon.

Kecha parlamentda ishonchsizlik votumi rad etilganidan keyin Bosh vazir Imron Xon televideniye orqali xalqqa murojaat qilgandi va Prezident Alviga Milliy Assambleyani tarqatib yuborishni taklif qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Orif Alvi , #Pokiston

Aloqador xabarlar