Zelenskiy Rossiya qo'shinlari Kiyev va Chernigivni tark eta boshlaganini bildirdi

Zelenskiy: “Bu chekinish emas, balki askarlarimiz mehnatining samarasi ekanini bilamiz. Ammo, biz Donbasda yangi hujumlar uchun rus qo'shinlarining to'planayotganini kuzatib turibmiz”,-dedi.

1804924
Zelenskiy Rossiya qo'shinlari Kiyev va Chernigivni tark eta boshlaganini bildirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi videomurojaatida Ukraina xalqi Rossiyaga qarshi o’z vatanini himoya qilayotganligini, ular mamlakat hududi va Qora dengiz mintaqasida adolat ta’minlanmaguncha qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ma’lum qildi.

Rossiya harbiy xizmatchilari Ukrainaning Kiyev va Chernigiv shaharlarini tark eta boshlagani haqidagi iddaolarga munosabat bildirgan Zelenskiy: “Bu chekinish emas, balki askarlarimiz mehnatining samarasi ekanini bilamiz. Ammo, biz Donbasda yangi hujumlar uchun rus qo'shinlarining to'planayotganini kuzatib turibmiz”,-dedi.

Vladimir Zelenskiy so‘nggi bir kun diplomatiya nuqtai nazaridan o’ta muhim kun bo‘lganini, xususan, AQSh prezidenti Jo Bayden bilan batafsil uchrashuv o‘tkazganligini bildirdi.

Zelenskiy uchrashuvda AQShga yangi 1 milliard dollarlik gumanitar yordam va qoʻshimcha 500 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri byudjet yordami uchun minnatdorlik bildirganini aytdi.

“Men prezident Baydenga Ukrainaga nima kerakligini aytdim. Biz hozir burilish nuqtasidamiz. AQSHning qoʻllab-quvvatlashi biz uchun printsipial jihatdan juda muhim”,- dedi.

Bundan tashqari, Ukrainaning xorijdagi vakolatxonalarida diplomatik faoliyatlar kuchaytirilishi kerakligini tilga olgan Zelenskiy: “Ukrainaning kelajagi uchun jon kuydirib, safarbar bo’lganlar bor. Biz ularning har birini alohida qadrlaymiz. Lekin, afsuski, idorada faqat o‘z lavozimida qolish uchun o‘tirganlar ham bor”,-dedi.

Ukrainaning Marokashdagi elchisini chaqirib olish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini eslatgan Zelenskiy, Gruziyadagi elchi ham avvalroq mamlakatga chaqirilganini aytdi.

“Bunga qaramay, ushbu mamlakatlar shu kungacha Rossiyaga qarshi qurol, sanksiya va boshqa cheklovlar joriy qilmaydigan bo’lsa, iltimos ular boshqa ish qidirsin!”,-deb aytgan Zelenskiy.

Zelenskiyning qayd etishicha, Ukraina Lotin Amerika, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi elchixonalaridan ham aniq natijalar kutmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar