Zelenskiy Istanbuldagi muzokarani baholadi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha Rossiya-Ukraina hay'ati oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokarani baholadi.

1804172
Zelenskiy Istanbuldagi muzokarani baholadi

Prezident Vladimir Zelenskiy 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi urush e’lon qilgan Rossiya bilan Istanbulda uyushtirilgan muzokaralarni ijobiy deb topdi.

Rossiya-Ukraina urushining 34-kuni mavzu haqida bayonot bergan Ukraina Prezidenti Zelenskiy, Ukraina va Rossiya muzokara hay’ati oʻrtasida, Turkiya Prezidentining Istanbuldagi Dolmabaxche ofisida boʻlib oʻtgan uchrashuvini baholadi.

Istanbuldagi muzokaralarni ijobiy deb topgan Zelenskiy,

“Muzokara platformasidan olingan ma’lumotlarni ijobiy deb atash mumkin. Shunga qaramay bular Rossiya qurollarini toʻxtamayapdi”,-dedi.

“Ukraina Qurolli kuchlari va (mamlakatni) mudofaa qilishda ishtirok etayotgan hamma, bugun tirik qolishimizning yagona kafilidir”,-degan Vladimir Zelenskiy, “Vayron qilishni davom etgan bir davlat vakillaridan kelgan” gaplarga ishonish uchun hech qanday asos yoʻqligini oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar