Zelenskiy jahon hamjamiyatini urushni to‘xtatishga chaqirdi

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilgan videomurojaatida Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarshi ochgan shafqatsiz urushida bir oyni ortda qoldirganligini ma'lum qildi.

1801219
Zelenskiy jahon hamjamiyatini urushni to‘xtatishga chaqirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakati hech qachon Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tahdid solmaganini ta’kidlab, jahon hamjamiyatini urushni to‘xtatishga chaqirdi.

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilgan videomurojaatida Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarshi ochgan shafqatsiz urushida bir oyni ortda qoldirganligini ma'lum qildi.

"Ukraina hech qachon Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tahdid solmadi. Ayni vaqtda biz sizning yeringizda emas, o'z yurtimizda xalqimizga tinchlik o'rnatish uchun bor imkoniyatimizni ishga solyabmiz", - deb aytgan Zelenskiy. 

Zelenskiy Rossiya fuqarolariga murojaat qilar ekan, ular orasida davlat siyosatidan nafratlangan insonlar borligiga ishonchi komil ekanligini aytdi va quyidagicha davom etdi:

"Ishonchim komilki, sizlarning ba'zilaringiz telekanallarda ko'rayotgan narsangizdan to'ygansizlar. Targ'ibotchilar soliqlaringizdan maosh oladilar. Rossiya fuqarolari qashshoqlashmoqda. Hukumatingiz kundan-kunga sizdan ko'proq haq olishi ahmoqlik emasmi? Sizni qashshoqroq qilish, sizni dunyodan ajratib qo'yish, sizni nazorat qilish va urushda o'limga yuborish uchun sizdan soliq olishi axmoqlik emasmi?",-dedi.

Vladimir Zelenskiy, "Shuning uchun, tinchlikni orzu qilgan Rossiya fuqarolari o'g'illaringizni urushdan qutqaring! Ularga urush haqidagi haqiqatni ayting! Urushga soliq to'lamaslik uchun Rossiyani tark eting!", -dedi. 

Rossiya urushi faqat Ukrainaga qarshi urush emasligiga e’tibor qaratgan Zelenskiy quyidagicha davom etdi:

"Bu yana ham kengroq. Rossiya shu tariqa ozodlikka qarshi urush boshladi. Ukraina hududi Rossiya uchun faqat boshlanishi. Rossiya Yevropa va dunyodagi barcha odamlarning erkinligini olishga harakat qilmoqda, men tushunaman. U faqat shafqatsiz kuchning muhimligini, insoniylik muhim emasligini ko'rsatishga harakat qilmoqda",-dedi.

 

Ukraina Prezidenti jahon hamjamiyatiga murojaat qilib,

"Biz hammamiz Rossiyani to'xtatishimiz kerak, dunyo urushni to'xtatishi kerak. Men Ukrainani qo'llab-quvvatlash uchun mehnat qilgan barchadan minnatdorman, lekin urush davom etmoqda. Tinch aholiga qarshi terakt davom etmoqda. Bir oy bo'ldi. Ancha vaqt o'tdi. Yuragim, ukrainaliklar va dunyodagi barcha ozod odamlarning dili og'riyabdi. Shuning uchun urushga qarshi chiqishingizni istayman!”,-deb aytgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar