Kiyevdagi savdo markazlaridan biriga qarshi uyushtirilgan hujumda halok bo‘lganlar soni ortdi

Ukraina poytaxti Kiyevdagi savdo markazlaridan biriga qarshi kechasi uyushtirilgan hujumda halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi.

1799058
Kiyevdagi savdo markazlaridan biriga qarshi uyushtirilgan hujumda halok bo‘lganlar soni ortdi
Kiev-deki alışveriş merkezine saldırı2.jpeg
Kiev-deki alışveriş merkezine saldırı3.jpg

Ukraina, Rossiya armiyasi tomonidan poytaxt Kiyevdagi savdo markazlaridan biriga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida qurbonlar sonining 8 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Ukraina Bosh prokuraturasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, kechasi, Kiyevning Podilskiy tumanidagi savdo markaziga qarshi uyushtirilgan hujumda katta yiqim paydo bo‘lgani ifoda etildi.

Rus armiyasining man etilgan jangovar vositalardan foydalangan holda hujum uyushtirgani aniqlanganiga e’tibor qaratilgan bayonotda:

“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 8 kishi halok boʻldi. Halok boʻlganlar va tan jarohati olganlar haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Qutqaruv guruhi bilan huquqni muhofaza qilish xodimlari oʻz faoliyatini davom ettirmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmatlari, hujumda 4 kishining halok bo‘lganini bildirgandi.

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich esa, Rossiya ilgarilashining har bir jabhada to‘xtatilganini bildirdi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarining 25-kunini baholagan Aleksey Arestovich:

“Rossiyaning barcha jabhadagi ilgarilashi to‘xtatildi. Rus tomonining bu ketishini o‘zgatirish kuchi qolmadi”.-dedi.

Rossiyada harbiylarga qarshi bosim o‘tkazilayotganini ham ifoda etgan Arestovich, Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati tekshiruvlari natijasida, hatto armiyadagi qo‘mondonlar ham qo‘rqoqlik va fe’l-atvor zaifligi bilan ayblana boshlaganini iddao etdi.

Ayni paytda Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak, Rossiyaning Ukrainaga qarshi 24-fevraldan beri davom etayotgan hujumlarida 6 nafar generalning halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Mixail Podolyak Twitterdagi sahifasi orqali mavzu haqida qoldirgan postida:

“Rossiya Federatsiyasining ko‘pchilik yuqori martabali ofitserlarining o‘lim nisbati e’tibor tortmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiyalik senator Yekaterina Altabayeva ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, Mariupoldagi to‘qnashuvlarda Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni o‘rinbosari, katta polkovnik Andrey Paliyning halok bo‘lganini bildirdi.

Paliyning 1992-yili Kiyev Harbiy-dengiz siyosati Oliy o‘quv yurtini tamomlaganini, 1993-yilda Ukraina armiyasiga qoʻshilishni rad etib, Rossiya Shimoliy dengiz flotiga kirganini yodga solgan Altabayeva, katta polkovnik Paliyning 2008-yili Gruziyadagi urushda ham xizmat qilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar