Bayden Ukrainaga 13,6 mlrd dollar mablag' ajratish to'g'risidagi hujjatga imzo chekdi

Ukrainaga ajratilgan 13,6 milliard dollarlik yordam paketi doirasida bu davlatga harbiy yordam ko'rsatish va xorijga qochishga majbur bo'lgan ukrainalik qochqinlarni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilgan.

1796187
Bayden Ukrainaga 13,6 mlrd dollar mablag' ajratish to'g'risidagi hujjatga imzo chekdi

 

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 13,6 milliard dollar yordam ko'rsatish to'g'risidagi byudjet loyihasini ma'qulladi.

Jo Bayden, avvalroq AQSh Senati va Vakillar Palatasida Respublikachilar va Demokratlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan qonun loyihasini Oq uyda o'tkazilgan marosimda imzoladi.

“Ushbu qonun loyihasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va uning qo‘shni davlatlar uchun salbiy oqibatlariga javob berish uchun 13,6 milliard dollar mablag‘ ajratiladi. Men zarur resurslarga ega bo‘lish va Ukraina inqiroziga qat’iy javob berishda davom etishimiz uchun tezkor ish olib borganligi sababli Kongress rahbariyatiga minnatdorlik bildirmoqchiman”, deydi Bayden Oq uydagi imzolash marosimida.  

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu paket tufayli Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy va gumanitar yordamni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"Biz bu yordamlar bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina va mintaqa xalqiga qilgan urushi sababli yuzaga kelgan talofatlarni bartaraf etishga harakat qilamiz”,-dedi Jo Bayden.

Ukrainaga ajratilgan 13,6 milliard dollarlik yordam paketi doirasida bu davlatga harbiy yordam ko'rsatish va xorijga qochishga majbur bo'lgan ukrainalik qochqinlarni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilgan.

Bayden ushbu jamg'arma bilan nafaqat Ukraina balki, urushdan jabr ko'rgan qo'shni davlatlarga ham yordam ko'rsatilishini ta'kidladi.

Rslatish joizki, o'tgan yili Ukrainaga 1,2 milliard dollarlik mudofaa yordami ko'rsatilgandi.

Amerika yetakchisi, shuningdek, bugun, 16-mart kuni Vashingtonning Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq harakatlari haqida batafsilroq ma’lumot berishini aytdi. 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar