Zelenskiy Yevropa yetakchilariga murojaat qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya boshqa Yevropa davlatlarini ham nishonga olishi mumkinligidan ogohlantirdi.

1795930
Zelenskiy Yevropa yetakchilariga murojaat qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya boshqa Yevropa davlatlarini ham nishonga olishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Zelenskiy Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shma ekspeditsiya kuchlari (JEF) yig‘ilishida Yevropa yetakchilariga videokonferensiya orqali murojaat qildi.

Zelenskiy o‘z nutqida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi “ma’naviy pozitsiya”ni egallagan davlatlarga minnatdorchilik bildirdi va o‘z mamlakatini yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Zelenskiy, agar Yevropa hozir bir pozitsiyani egallamasa, Rossiya Yevropaning boshqa qismlarini ham nishonga olishi mumkinligiga e’tibor qaratdi va quyidagicha bildirdi:

"Biz hali ham Rossiyaning urush mashinasini to'xtata olamiz. Biz hali ham odamlarni o'ldirishni to'xtata olamiz. Buni birgalikda qilish va demokratiyani yo'q qilishni to'xtatish va uni hozir bizning yerimizda to'xtatish osonroq bo'ladi, aks holda ular sizga ham kelishadi. Biz hammamiz Rossiyaning nishonimiz. Bizga yordam berish orqali o'zingizga yordam bergan bo’larsiz." Dedi.

Ukraina  Prezidenti Zelenskiydan so‘ng so‘zlagan Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bu  hozir “umidsiz  bir payt” ekanini ta’kidlab, yetakchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq harakat qilishlari kerakligini ta’kidladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar