Stoltenberg Ukrainada tinch aholiga qarshi hujumlarni urush jinoyati deb atadi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Putinga “Urushni toʻxtating, qoʻshinlaringizni olib keting va diplomatiyaga qayting”, deb murojaat qildi.

1792979
Stoltenberg Ukrainada tinch aholiga qarshi hujumlarni urush jinoyati deb atadi

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg: “Ukrainada tinch aholiga qarshi hujumlarni ko’ryapmiz va bu urush jinoyati”,-dedi.

Ottavadagi xavfsizlik va mudofaa konferensiyasida ma'ruza qilgan Stoltenberg Rossiyani Yevropada tinchlikka to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi.

Uning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushi xalqaro huquq, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlagan xalqaro tartibni buzish bilan barobar.

Stoltenberg, Putinga “Urushni toʻxtating, qoʻshinlaringizni olib keting va diplomatiyaga qayting”, -deb murojaat qildi.

Putinning yadro qurolidan foydalanishi haqidagi tahdidini “o‘ylamasdan aytilgan gap va juda xavfli” deb baholagan Stoltenberg Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya yadro quroliga ega ekan, NATO ham yadroviy to‘xtatuvchi kuchini saqlab qolishini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Yens Stoltenberg , #NATO

Aloqador xabarlar