Xarkovda Rossiyaning Su-25 qiruvchi samolyoti urib tushirildi

“Dushman samolyotining uchuvchisi o‘zini parashyutda uchira olmadi va voqea joyida halok bo‘ldi. Samolyot Kulinichi tumanida qulagan”,-dedi Oleg Sinegubov.

1791014
Xarkovda Rossiyaning Su-25 qiruvchi samolyoti urib tushirildi

 

Ukraina havo mudofaa kuchlari Rossiyaning Su-25 qiruvchi samolyotini Xarkov yaqinida urib tushirdi.

Bu haqda mintaqaviy harbiy ma’muriyat rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning Su-25 qiruvchi samolyoti Xarkovda Ukraina kuchlari tomonidan urib tushirilgan.

“Dushman samolyotining uchuvchisi o‘zini parashyutda uchira olmadi va voqea joyida halok bo‘ldi. Samolyot Kulinichi tumanida qulagan”,-dedi Oleg Sinegubov.

Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy samolyotning urib tushirilishiga doir tasvirlar tarqalgan.

Ayni vaqtda, Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari, vaqtincha bosib olingan hududlarni qayta integratsiya qilish vaziri Irina Vereshuk, Rossiya to‘qnashuvlar davom etayotgan Mariupolda odamlarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar koridor ochilishiga yana to‘sqinlik qilganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya qo’shinlari Mariupolga ketayotgan gumanitar yordam karvoni bilan u yerdan insonlar evakuatsiya qilinadigan yo'lni yana o'qqa tutgan.

U shuningdek, Zaporojyadan yetib borishi kerak bo'lgan 8ta yuk mashinasidan iborat insonparvarlik yordam karvonining Mariupolga oziq-ovqat va dori-darmonlarni olib borishi kerakligini, 30 ta avtobusda ayollar, bolalar va qariyalar evakuatsiya qilinishi kerakligini, ammo Rossiyaning bombardimon qilishi tufayli gumanitar yo'lakni ochish imkonsiz ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari, Rossiya Ukrainaning Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sumi shaharlaridan tinch aholini evakuatsiya qilish uchun Moskva vaqti bilan soat 10:00dan boshlab o’t otishni to’xtatish e'lon qilganini ma'lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ochiladigan gumanitar koridorlarni uchuvchisiz havo vositalari kuzatib boradi.

Unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) va Qizil Xochning tegishli bo'linmalari ishtirok etadi.

“Biz Ukrainadan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha gumanitar yo‘laklarni yaratish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini, tinch aholi va chet el fuqarolarining xavfsiz ravishda chiqib ketishi ta’minlanishini talab qilamiz”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Su-25 , #Xarkov

Aloqador xabarlar